Bugun 6 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Isroilning G‘azoga uyushtirgan hujumlari oqibatida tongdan beri 10 falastinlik halok bo‘ldi

Isroilning G‘azoga uyushtirgan hujumlari oqibatida tongdan beri 10 falastinlik halok bo‘ldi

Sektor G‘azoda tongdan boshlab amalga oshirilgan Isroil hujumlari oqibatida kamida 10 falastinlik, jumladan gumanitar yordam kutgan tinch aholi vakillari halok bo‘ldi. Bu haqda G‘azo sektori sog‘liqni saqlash idorasi manbalari xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, G‘azo shahrining janubiy g‘arbida joylashgan Nesarim gumanitar koridori yaqinidagi hujumda 3 kishi halok bo‘lgan, 15 dan ortiq inson yaralangan. Ular gumanitar yuk yetib kelishini kutmoqda edilar.

Yaralanganlar shaharning janubidagi “Al-Kuds” shifoxonasiga yetkazilgani aytilmoqda.

Kiritildi: 14:15 01.07.2025. O'qildi: 448 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!