Severomorsk shahrida "Ivan Papanin" nomli muzyorar patrul kemasini Harbiy-dengiz floti kuchlariga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Yangi kema buksir, patrul va muzyorar vazifalarini bajarishi mumkin.
U qalinligi 1,7 metrgacha bo‘lgan muzni yorib harakatlana oladi.
Kema bortida Ka-27 vertolyoti, desant va hujumchi katerlar, uchuvchisiz apparatlar bor.
Shuningdek u eng zamonaviy raketa, artilleriya va o‘qotar qurollar bilan jihozlangan.