Bugun 6 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkentda yana bir davlat mansabdori jinoyat ustida qo‘lga olindi

Toshkentda yana bir davlat mansabdori jinoyat ustida qo‘lga olindi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi yuristkonsulti qo‘lga olindi.

U viloyat ma’muriy sudining apellyasiya instansiyasida ko‘rib chiqilayotgan ma’muriy ishni mansabdor tanishlari orqali Bo‘ka tumanida aholiga xizmat ko‘rsatuvchi MCHJ ta’sischisi foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga 15 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan yuristkonsultga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a» bandi va 28,211-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Kiritildi: 19:06 05.09.2025. O'qildi: 989 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!