Bugun 5 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

Turkiyada 19 yoshli bola prokurorni pichoqlab o‘ldirdi

Turkiyada 19 yoshli bola prokurorni pichoqlab o‘ldirdi

Istanbulda prokuror Erjan Kayhanni pichoqlagan 19 yoshli Mustafo Jon Gul hibsga olindi.

Bu haqda Sabah gazetasi xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyat sodir etilganidan keyin qo‘lga olingan yigitni so‘roq qilish yakunlangan. Sud qarori bilan u hibsga olinib, qamoqqa yuborilgan.

Avvalroq Gul ikki yil avval qotillik sodir bo‘lgan restoranda ofisiant bo‘lib ishlagani xabar qilingandi. Muassasaga muntazam tashrif buyurgan prokuror Erjan Kayhan o‘sha yerda yigit bilan uchrashgan. Vaqt o‘tishi bilan ular o‘rtasida noma’lum sababga ko‘ra mojaro kelib chiqqan.

Qayd etilishicha, Gulning jinoiy o‘tmishi bo‘lgan. U ayollarga nisbatan zo‘ravonlik, uy-joy daxlsizligini buzish, muntazam ravishda ta’qib qilishda aybdor deb topilib, jazoni 2024 yil 9 noyabrdan 2025 yil 15 yanvargacha Maltepe qamoqxonasida o‘tagan.

Kiritildi: Bugun 11:30. O'qildi: 965 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!