Xitoy rahbari Si Szinpin 8 sentyabrga belgilangan videokonferensaloqa orqali BRIKSning navbatdan tashqari sammitida ishtirok etadi.
Bu haqda Braziliya prezidentining bosh maslahatchisi Selsu Amorimga asoslanib, Braziliyaning O Globo gazetasi xabar berdi.
Diplomat Pekinga tashrifi yakunlari bo‘yicha ta’kidlaganidek, Si Szinpin BRIKS sammitida "ishtirok etishini tasdiqladi". Amorim Xitoy tashqi ishlar vaziri Van Yi bilan ham uchrashdi. Tomonlar jamoa yetakchilari uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish, Ukrainadagi mojaro, shuningdek, Xitoy rahbari Tyanszinda bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida e’lon qilgan global boshqaruv bo‘yicha yangi tashabbusni muhokama qildi.