Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Tramp bilan suhbatdan so‘ng "xohlovchilar koalasiyasi" a’zolarining "tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib ketdi"

Tramp bilan suhbatdan so‘ng "xohlovchilar koalasiyasi" a’zolarining "tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib ketdi"

"Xohlovchilar koalisiyasi" a’zolari AQSh prezidenti Donald Tramp bilan "qizg‘in telefon suhbati" o‘tkazdi, shundan so‘ng Yevropa yetakchilarida "norozilik va umidsizlik" hukm surdi.

Bu haqda Bild nashri o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa tomoni Trampdan 4 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan telefon suhbatidan keyin ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilishini kutmayapti. Yevropaliklar Amerika prezidenti bilan qo‘shma yondashuvni muvofiqlashtirish va Rossiya Federasiyasiga qarshi yangi sanksiyalar joriy etish masalasi bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzish uchun 48 soat ichida o‘z vakillarini Vashingtonga yuborishni taklif qilishgan.

"Biroq, Tramp bunga rozi bo‘lgan-bo‘lmagani noma’lum", — deb yozadi nashr.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Oq uy rahbari YEIni Rossiya neftini import qilishda davom etishda ayblagan.

Kiritildi: 07:30 05.09.2025. O'qildi: 2919 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!