Angliyaning Liverpul shahrida start olgan boks bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan birinchi bo‘lib Nigina O‘ktamova ringga ko‘tarildi.
-54 vazn toifasida bahs olib borgan yurtdoshimiz ilk bosqichda qozog‘istonlik Elina Bazarovani mag‘lubiyatga uchratib, keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qildi. Musobaqada ishtirok etadigan qolgan yurtdoshlarimizga ham mana shunday yorqin g‘alabalar tilab qolamiz.