Bugun 21 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Isroilning G‘azodagi hujumlarida 45 kishi halok bo‘ldi

Isroilning G‘azodagi hujumlarida 45 kishi halok bo‘ldi

G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi kelishuvga qaramasdan, so‘nggi 24 soat ichida Isroil armiyasining hujumlari natijasida 45 kishi halok bo‘ldi.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan bir sutka davomida shifoxonalarga 57 nafar halok bo‘lgan va 158 nafar yaralangan shaxs olib kelingan. Ulardan 12 nafari vayronalar ostida qutqarilgan.

Bayonotda ta’kidlanishicha, tinch aholiga qilingan hujumlarda 45 kishi halok bo‘lgan, 158 kishi yaralangan.
2023 yil 8 oktyabrdan beri Isroilning hujumlari natijasida halok bo‘lganlar soni 68 216 nafar, yaralanganlar soni esa 170 361 nafarga yetdi.

Shuningdek, so‘nggi otashkesim kuchga kirganidan buyon Isroil hujumlarida 80 nafar falastinlik halok bo‘lgan, 303 nafar yaralangan, va vayronalar ostida 426 nafarning jasadi topilgani qayd etildi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, minglab qurbonlarning jasadlari hali ham vayronalar ostida qolmoqda.


G‘azoda otashkesim va mahbuslar almashinuvi kelishuvi

9 oktyabr kuni AQSh prezidenti Donald Trampning ma’lum qilishicha, Isroil va HAMAS Misrda bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida G‘azo bo‘yicha ot ochishni to‘xtatish rejasining birinchi bosqichini ma’qullagan.

Kelishuv Misrda imzolangan bo‘lib, Isroil hukumati roziligidan keyin 10 oktyabr kuni kuchga kirgan.
Isroil armiyasi kelishuvda nazarda tutilgan “sariq chiziq”ka chekingach, G‘azo sektorida otashkesim o‘sha kuni soat 12:00 dan amalga kirgan.

Biroq otashkesimga qaramasdan, Isroil armiyasi turli ayblovlar bilan falastinliklarga zarba berishni davom ettirmoqda.

Kiritildi: 21:34 20.10.2025. O'qildi: 285 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!