"Yovvoyi tabiat chaqirig‘i" filmida rol o‘ynagan taniqli isroillik aktyor Gi Kapulnik Kaliforniyada yengil samolyot halokatida vafot etdi. Bu haqda Reople jurnali xabar berdi.
"Baxtsiz hodisa 24 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 9:45 da sodir bo‘lgan. Aeronca 7AC dala maydoniga qulab tushdi va jiddiy zarar ko‘rdi", deyiladi xabarda.
46 yoshli aktyor samolyotni boshqarayotgan edi. U shuningdek, u bilan 33 yoshli yo‘lovchi birga bo‘lgan. Halokat joyiga yetib kelgan polisiya xodimlari ikkala o‘limni ham tasdiqladilar.
Kapulnik Los-Anjelesda uchish bo‘yicha instruktor bo‘lib ishlagan. U ilgari AQShga ko‘chib o‘tishdan oldin Isroilda aktyorlik faoliyatini qurgan. Uning rafiqasi va uch farzandi qoldi.
Aktyor ko‘plab filmlar va televizion loyihalarda, jumladan, Venesiya kinofestivalida "Oltin sher" mukofotiga sazovor bo‘lgan Samuel Maoz rejissyorligidagi 2009 yilgi "Livan" urush dramasida rol o‘ynagan.