Bugun 30 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Isroillik harbiy ayolning Livandagi cherkov oldida tushgan surati mojaroga sabab bo‘ldi

Isroillik harbiy ayolning Livandagi cherkov oldida tushgan surati mojaroga sabab bo‘ldi

Isroillik harbiy ayolning Livan janubidagi vayronalar orasida qolgan cherkov oldida jilmayib suratga tushishi ijtimoiy tarmoqlarda noroziliklarga sabab bo‘ldi.

L'Orient Today nashrining xabar berishicha, surat Livan janubidagi Bint-Jubayl tumaniga qarashli, Isroil nazorati ostidagi Al-Kauza xristian qishlog‘ida joylashgan Avliyo Yusuf cherkovi oldida olingan.

Chorshanba kuni tarqalgan tasvirda cherkovning kirish qismi tuproq uyumlari bilan to‘silib qolgani, bino esa vayronalar orasida turganini ko‘rish mumkin.

Mojaro ortidan Al-Kauza munisipaliteti rahbari Rim papasiga murojaat qilib, 120 yillik tarixga ega Avliyo Yusuf cherkovini himoya qilishni so‘radi.

Fransiyadagi katolik uyushmasi ham murojaatni qo‘llab-quvvatlab, «Diniy muqaddas qadamjolarga tajovuz qilishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi», deya ta’kidladi.

Avvalroq Livanda isroillik harbiy Bibi Maryam haykaliga sigaret qistirib qo‘ygani haqida ham xabarlar tarqalgan edi.

Kiritildi: 18:59 29.10.2026. O'qildi: 859 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!