Bugun 1 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Isroildagi saylovlarda barcha ovozlar hisoblab chiqildi, hech bir tomon zarur ko‘pchilikka ega bo‘lolmadi

Isroildagi saylovlarda barcha ovozlar hisoblab chiqildi, hech bir tomon zarur ko‘pchilikka ega bo‘lolmadi


Isroil parlament saylovlarida byulletenlarning 100 foizi hisoblab chiqildi. Unga ko‘ra, amaldagi Bosh vazir Binyamin Netanyahuning o‘ng, o‘ta o‘ng va diniy partiyalardan tashkil topgan hukumat koalisiyasi Knessetda 53 ta o‘ringa ega bo‘lmoqda (taqqoslash uchun, partiya 2022 yilgi saylovlarda 64 ta o‘rinni qo‘lga kiritgan edi).

Gadi Ayzenkot boshchiligidagi muxolifat bloki esa 48 ta mandatga ega bo‘ldi. Shu bilan birga, Netanyahu yetakchilik qilayotgan o‘ng-konservativ «Likud» partiyasi parlamentdagi eng yirik fraksiya mavqeini saqlab qoldi (27 ta o‘rin). Ayzenkot tomonidan yaqinda tashkil etilgan markazchi «Yashar» partiyasi esa 21 ta o‘rinni band etdi. Shu tariqa, 120 o‘rinli Isroil parlamentida yangi hukumatni tuzish uchun talab etiladigan 61 talik o‘rinni hech kim egallay olmadi.

Arab partiyalari o‘z tarixidagi eng yuqori natijani qayd etib, parlamentda 19 ta o‘ringa ega bo‘lishdi (2022 yilda bu ko‘rsatkich 10 tani tashkil etgan). Mazkur siyosiy manzara mamlakatda koalisiya va hukumatni shakllantirish jarayonini o‘ta murakkablashtirib yubordi.

AFP agentligining xabar berishicha, «Likud» partiyasi saylov natijalari «o‘g‘irlanganini» da’vo qilmoqda. O‘ta o‘ng qanot siyosatchisi Itamar Ben-Gvir arab partiyalari yetakchilarini Qatar tomonidan moliyalashtirilganlikda gumon qilib, ularni hibsga olishga chaqirdi. Biroq, hozirgacha chetdan moliyalashtirish holatini tasdiqlovchi ommaviy dalil taqdim etilgani yo‘q. O‘z navbatida, muxolifat yetakchisi Ayzenkot «Likud» partiyasini «saylov natijalarini qonuniy kuchga ega emas deb ko‘rsatishga urinish»da aybladi.

Kiritildi: 15:45 30.10.2026. O'qildi: 1057 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!