Isroilda kuchli o‘rmon yong‘inlari oqibatida 17 nafar o‘t o‘chiruvchi jabrlandi.
Bu haqda yong‘in-qutqaruv xizmatiga tayanib Times of Israel xabar berdi.
Ulardan ikki nafari shifoxonaga yotqizilgan.
"Hozirgi bosqichda biz hali ham yong‘inni nazorat ostiga ololmadik. Yong‘inlarni o‘chirish bo‘yicha 150 dan ortiq o‘t o‘chirish guruhlari hamon ish olib bormoqda," - deyiladi xizmat xabarida.