Bunday xonalar Isroilda 1950-yillardan beri quriladi. Ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo hujumlaridan himoya qilish uchun mo‘ljallangan.
MAMAD xonalarining xususiyatlari:
Devorlari 25–30 sm qalinlikdagi temir-betondan;
Maxsus mustahkamlangan eshik va oynalar;
Portlash to‘lqiniga chidamli;
Havoni tozalaydigan filtr tizimi mavjud (kimyoviy qurollar va boshqa ifloslanishlarga qarshi).
Bunday xonalar ayrim hollarda har bir xonadonda bo‘ladi, yoki butun qavat uchun umumiy qilib quriladi.
Ilk ma’lumotlarga ko‘ra, bu tongdagi hujumdan so‘ng Isroilda halok bo‘lganlar qayd etilmagan.