Bugun 15 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Telegram orqali Eron razvedkasi bilan aloqa o‘rnatgan shaxs qo‘lga olindi

Telegram orqali Eron razvedkasi bilan aloqa o‘rnatgan shaxs qo‘lga olindi

Isroilning shimoliy hududida Eron maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qilganlikda gumonlangan mahalliy fuqaro qo‘lga olindi.

RIA Novosti agentligining Isroil polisiyasi matbuot xizmatiga tayanib xabar berishicha, gumonlanuvchi razvedka topshiriqlarini moddiy manfaat uchun emas, balki mafkuraviy qarashlari sabab bajargan bo‘lishi mumkin.

Hibsga olish operasiyasi Isroilning Umumiy xavfsizlik xizmati (SHABAK) va polisiya xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan. Qo‘lga olingan shaxs Mazraa aholi punktida yashovchi Visam Avad ekani ma’lum qilindi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma’lumotlariga ko‘ra, Avad Telegram messenjeri orqali Eron razvedkasi vakillari bilan mustaqil ravishda bog‘lanib, ularga o‘z xizmatlarini taklif qilgan. Shuningdek, u Livandagi "Hizbulloh" harakatini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

"U o‘z faoliyati davomida strategik ob’ektlar, harbiy bazalar va polisiya bo‘linmalarini suratga olish kabi topshiriqlarni bajargan", — deyiladi Isroil polisiyasi bayonotida.

Tergovchilarning ta’kidlashicha, gumonlanuvchi Eron razvedkasidagi aloqa o‘rnatgan shaxslarga turli ob’ektlarga oid hujjatlar va ularning geografik koordinatalarini ham yuborgan.

Isroil polisiyasi Visam Avadga nisbatan og‘ir ayblovlar qo‘yish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.

Kiritildi: Bugun 15:38. O'qildi: 300 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik