Chorshanba kuni Isroil harbiy-havo kuchlari G‘azo sektoriga zarbalar berdi, natijada kamida 21 kishi, jumladan bolalar halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy tibbiy manbalar xabar berdi.
Isroil Mudofaa kuchlari (IDF) bildirishicha, zarbalar otishma oqibatida isroillik ofiser yaralanganidan so‘ng javob sifatida amalga oshirilgan. Isroil va HAMAS AQSh vositachiligida tuzilgan sulhni bir-birini buzganlikda ayblamoqda.
G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, oktyabrda kuchga kirgan sulhdan beri Isroil zarbalari oqibatida kamida 556 kishi halok bo‘lgan.