Bugun 22 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Isroil XAMAS qo‘mondonlaridan birining o‘ldirilganini ma’lum qildi

Isroil XAMAS qo‘mondonlaridan birining o‘ldirilganini ma’lum qildi

Isroil mudofaa kuchlari va Shin Bet 2023 yil 7 oktyabrdagi teraktda ishtirok etgan Xamas Darraj Tuffah batalyoni qo‘mondoni yo‘q qilinganini e’lon qildi.

Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari matbuot kotibi ma’lum qildi.

"O‘tgan haftada Isroil armiyasi va Shin Bet Darraj Tuffah hududida Xamas Darraj Tuffa batalyoni qo‘mondoni terrorchi Muhammad Utainga zarba berdi va yo‘q qildi", — deyiladi Isroil armiyasi va Shin Bet qo‘shma bayonotida.

Qayd etilishicha, u "7 oktyabrdagi vahshiyona qirg‘in paytida Isroil hududiga sizib kirgan va urush paytida qo‘shinlarga qarshi ko‘plab teraktlar uyushtirgan”. Isroil armiyasi va Shin Bet “7 oktyabrdagi shafqatsiz qirg‘inda ishtirok etgan terrorchilarga qarshi operasiyalarni davom ettiradi”, deyiladi bayonotda.

Kiritildi: 11:00 19.07.2025. O'qildi: 555 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!