Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Isroil prezidenti 2023 yil 7 oktyabrdan beri ilk bor G‘azoga tashrif buyurdi

Isroil prezidenti 2023 yil 7 oktyabrdan beri ilk bor G‘azoga tashrif buyurdi

G‘azo sektoriga tashrifi chog‘ida Isroil prezidenti Isaak Gersog isroillik harbiy xizmatchilarga radikallar tomonidan garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha “intensiv muzokaralar” olib borilayotganini aytdi.

Bu haqda yahudiy davlati rahbari idorasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Gersog Falastin anklavi hududiga 2023 yil 7 oktyabrdan beri birinchi marta kelgan.

"Biz G‘azo sektorida xalqaro huquq normalariga muvofiq harakat qilyapmiz. Biz xalqaro qonunlarga muvofiq insonparvarlik yordamini ko‘rsatamiz. Bu yordamni sabotaj qilishga urinayotganlar - XAMAS harakati va uning tarafdorlari", - dedi Gersog.

Uning so‘zlariga ko‘ra, isroillik garovga olinganlarni uyiga qaytarish eng dolzarb vazifa va hozirda bu borada qizg‘in muzokaralar olib borilmoqda. Gersog "tez orada mintaqada sezilarli o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan yaxshi xabarlar bo‘lishiga umid qilishini" qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 08:30 24.07.2025. O'qildi: 989 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!