Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Ozarboyjon matbuoti Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

Ozarboyjon matbuoti Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

Ozarboyjonning Minval nashri saytida Rossiyaning Kaliningrad shahri Kyonigsberg deb nomlangan maqolalar paydo bo‘ldi. Masalan, yangiliklardan biri "Rossiya Kyonigsbergda S-400 va zarba beruvchi tizimlarni joylashtirdi" sarlavhasi bilan chop etildi. Boshqa maqolalarda esa Orenburg shahri O‘rinbor, Volga daryosi esa Itil deb atalgan.

Minval Rossiyaning TASS axborot agentligi tomonidan Ozarboyjonning Qorabog‘dagi Xankendi shahrida rassom Ivan Ayvazovskiy haykalining buzilishi haqida chiqqan xabariga javob tariqasida shunday yozdi. TASS o‘z xabarida sovet davridagi toponimlar — Qorabog‘ o‘rniga Tog‘li Qorabog‘ va Xankendi o‘rniga Stepanakert nomlarini ishlatgan.

Ozarboyjon Tashqi ishlar vazirligi norozilik bildirib, TASS'dan uzr so‘rashni talab qildi. Vazirlik bayonotiga ko‘ra, davlat axborot agentligi tomonidan “Stepanakert” nomining qo‘llanilishi mamlakat hududiy yaxlitligiga nisbatan hurmasizlik va haqorat sifatida qabul qilinadi. Shuningdek, TIV o‘z bayonotida, o‘zaro javob chorasi sifatida, Ozarboyjon Rossiyadagi ayrim toponimlarni o‘zining tarixiy nomlari bilan atashidan ogohlantirdi.

TASS axborot agentligi Ozarboyjonning tanqidiga javoban xabar matniga o‘zgartishlar kiritdi.

Kiritildi: Bugun 13:47. O'qildi: 1031 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!