Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

Isroil Oliy sudi Falastinning Sharqiy Quddusdagi yerlarini musodara qilish haqida qaror chiqardi

A A A
Isroil Oliy sudi Falastinning Sharqiy Quddusdagi yerlarini musodara qilish haqida qaror chiqardi

Isroil Oliy sudi Falastinliklarning bosib olingan Sharqiy Quddusdagi falastinlik bir oilaning uchta uyi joylashgan yerlarini musodara qilishga qaror qildi.

Sharqiy Quddusda yashovchi Semih Dervish Falastinning WAFA axborot agentligiga bergan ma’lumotida, Isroil Oliy sudi, Sharqiy Quddusdagi Gilo yahudiy aholi punkti chegaralari ichida qolganligi sababli uning yerlari va uylarini musodara qilishga qaror qildi.

Dervish, Isroil sudlarida qariyb 20 yil davom etgan janglardan so‘ng erlari va uylaridan ayrilganini ta’kidladi.

«Islol sudi 14 gektardan ortiq yer uchastkasini va men 30 kishilik oilam bilan yashayotgan har biri 400 kvadrat metrlik 3 ta uyimizni musodara qilishga qaror qildi», dedi Dervish.

Uning ta’kidlashicha, Isroil rasmiylari musodara qilgan yerlarda yangi yahudiy aholi punktlari qurish va yo‘llar ochishni rejalashtirmoqda, shuning uchun falastinliklar bu qarordan keyin istalgan vaqtda uylaridan majburan chiqarib yuborilishi mumkinligini kutishmoqda.

Kiritildi: 22:36 19.03.2024. O'qildi: 1398 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!