Bugun 4 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Isroil muxolifati yetakchisi Netanyahuning rafiqasiga ultimatum qo‘ydi

Isroil muxolifati yetakchisi Netanyahuning rafiqasiga ultimatum qo‘ydi

Isroil muxolifat yetakchisi Yair Golan Bosh vazir Binyamin Netanyahuning rafiqasi Sara Netanyahudan 7 oktyabr voqealari bo‘yicha aytgan gaplari uchun uzr so‘rashni talab qildi. Aks holda u 826 ming dollarlik tuhmat da’vosi bilan sudga murojaat qilishini bildirdi.

Sara Netanyahu 14-kanalga bergan intervyusida Golan 2023 yil 7 oktyabrdagi HAMAS hujumi haqida oldindan bilganini da’vo qilgan. Uning aytishicha, Golan hujum boshlangan paytdayoq voqea joyi yaqinida bo‘lgan.

Golan bu ayblovlarni «yolg‘on fitna nazariyasi» deb atab, ommaviy raddiya va 2,5 million shekel (taxminan 826 ming dollar) tovon talab qildi. U mablag‘ni Nova festivalidagi fojiadan omon qolganlarga berishini bildirgan.

24 soatlik muddat tugaganidan so‘ng Sara Netanyahu uzr so‘rashdan bosh tortdi.

Uning advokati esa bayonotni harbiylarga nisbatan «sarkazm» deb atab, Golandan uzr va 100 ming shekel tovon talab qildi. Aks holda oila nomidan 1 million shekellik qarshi da’vo kiritilishi bilan tahdid qildi.

Binyamin Netanyahu mojaroni yumshatishga urinib, «7 oktyabrda xiyonat emas, inqiroz bo‘lgan», dedi.

Golan esa o‘z talablarida qat’iy qolib, ishni sudga oshirishini bildirdi. U hokimiyatga kelgan taqdirda 7 oktyabr fojiasini tergov qilish uchun davlat komissiyasi tuzishga va’da berdi.

Kiritildi: 21:10 03.09.2026. O'qildi: 1057 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!