Bugun 30 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Isroil mudofaa vaziri: "Falastin kattaroq tovon to‘laydi"

Isroil mudofaa vaziri: "Falastin kattaroq tovon to‘laydi"

Isroil mudofaa vaziri Israel Kas G‘azo sektorida harbiy amaliyotlarni davom ettirish bo‘yicha operativ rejalarni tasdiqladi.

Bu haqda The Times of Israel nashri xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u bu rejalarni Isroil armiyasi janubiy qo‘mondonligi boshlig‘i, general-mayor Yaniv Asor va boshqa bir qator harbiy rahbarlar ishtirokidagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha ma’qullagan.

Kasning so‘zlariga ko‘ra, harbiylarning vazifasi Falastinning HAMAS harakati a’zolari tomonidan anklavda garovga olinganlarni qaytarishdir.

"Hozirgi asosiy maqsadimiz - barcha garovga olinganlarni uylariga qaytarish. Agar XAMAS rad etishda davom etsa, u tobora og‘irroq tovon to‘laydi - bu to‘liq mag‘lub bo‘lgunga qadar ulardan tortib olinadigan yerlar, yo‘q qilinadigan jangarilar va infratuzilma vayron qilinganini ham o‘z ichiga oladi", - dedi vazir.

Kiritildi: 01:00 26.03.2025. O'qildi: 964 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!