Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Tojikistonlik futbolchi Abduqodir Husanov sabab Belarus chempionatiga o‘tdi

Tojikistonlik futbolchi Abduqodir Husanov sabab Belarus chempionatiga o‘tdi

22 yoshli tojikistonlik hujumchi Alisher Rahimov jurnalist Ivan Karpov bilan suhbatda Abduqodir Husanov sabab Belarus chempionatiga o‘tganini aytdi.

Futbolchining ma’lum qilishicha, unga Qozog‘istondan ham taklif, ammo u Belarussiyaning “Smorgon” jamoasiga o‘tishni ma’qul ko‘rgan.

Menda qaror qabul qilish uchun juda kam vaqt bo‘ldi. Belarus va Qozog‘istondan taklif bor edi, lekin men birinchisini tanladim. O‘zbekistonlik Abduqodir Husanovning misolida ko‘rish mumkinki, oddiy jamoalar orqali ham katta klublarda o‘ynashning imkoni bor. Mening maqsadim – Yevropaning top ligalarida to‘p surish. Endi Medialigada o‘ynamayman, u yerga qaytish niyatim yo‘q. Butun diqqatim professional futbolga qaratilgan, dedi futbolchi.

Ma’lumot uchun, Rahimov ilgari Rossiya Medialigasi klublari – “Amkal” va “Broke Boys” safida 49 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lib, ushbu uchrashuvlarda 14 gol va 11 golli uzatma muallifiga aylangan.

Tojikistonlik futbolchi Abduqodir Husanov sabab Belarus chempionatiga o‘tdi

U avvalroq Tojikistonning “Ravshan” jamoasi bilan shartnoma imzolagan, biroq hech qanday rasmiy uchrashuvda qatnashmagan edi. Shuningdek, u Tojikiston yoshlar terma jamoasi safida bitta o‘yinda maydonga tushgan.

Kiritildi: 18:24 29.03.2025. O'qildi: 1177 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!