O‘zbekiston vaqti bilan 24 yanvardan 25 yanvarga o‘tar kechasi AQShning Las-Vegas shahrida professional boks oqshomi start oladi.
Ushbu jang kechasida hamyurtimiz Isroil Madrimov ham ishtirok etadi va Dominikan Respublikasi vakili Luis David Salazarga qarshi ringga ko‘tariladi. Madrimov shu kunga qadar professional boksda 12ta jang o‘tkazib, ularning 10tasida g‘alaba qozongan. Ikkita jangini esa hakamlarning qarori bilan yutqazgan edi. Uning raqibi Salazar esa faoliyati davomida 21ta jangda ishtirok etgan. Ularning 20tasida raqiblaridan ustun kelgan bo‘lsa, yana bittasida mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan. So‘nggi jangida esa raqibini ikkinchi raunddayoq nokautga uchratgan.
Ushbu jang 10 raund etib belgilangan va to‘qnashuv 25 yanvar tongida boshlanishi rejalashtirilyapti.