Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Isroil Madrimov «Riyadh Season» turnirida qancha gonarar olgani ma’lum bo‘ldi

Isroil Madrimov «Riyadh Season» turnirida qancha gonarar olgani ma’lum bo‘ldi

22 fevral kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida Riyadh Season doirasidagi navbatdagi boks musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Turnirning asosiy jangi Dmitriy Bivol va Artur Beterbiyev o‘rtasida o‘tkazildi. 12 raund davom etgan jangda asli qirg‘izistonlik bo‘lgan Bivol ochkolar hisobiga Beterbiyevni mag‘lub etib, yarimog‘ir vazn toifasida mutlaq chempionga aylangandi.

Ushbu turnir doirasida super o‘rta vazn toifasida WBC Interim kamari uchun jang qilgan o‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov amerikalik Virjil Ortisga ochkolar hisobiga mag‘lub bo‘ldi.

Kecha ijtimoiy tarmoqlar orqali mazkur musobaqada sportchilar qancha pul ishlab topgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Unga ko‘ra, Madrimov mazkur turnirda 800 ming dollar qo‘lga kiritgan bo‘lsa, o‘z kamarini saqlab qolgan Virjil Ortis es 2 million dollar egasiga aylandi. Eng katta gonorarni asosiy jang egalari Dmitriy Bivol va Artur Beterbiyev olgan (10 mln dollar).

Kiritildi: 15:10 28.02.2025. O'qildi: 1563 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!