Isroil matbuotiga ko‘ra, o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvning birinchi bosqichi doirasida yahudiy davlati 1904 nafar falastinlikni, jumladan Falastinning XAMAS, Falastin Islomiy Jihodi va hukmron Fath harakati a’zolarini ozod qiladi. O‘nlab falastinlik ayollar va bolalar ham ozod qilinadi.
Ularning 737 nafari Isroilda umrbod qamoq jazosini o‘tagan. Yahudiy davlati, shuningdek, Isroilning quruqlikdagi hujumi chog‘ida G‘azo sektorida o‘g‘irlab ketilgan 1167 nafar falastinlik fuqaroni ham ozod qiladi.
🇶🇦 Bir kun avval Qatar Bosh vaziri Muhammad bin Abdulrahmon Al-Tani ikki tomon tomonidan qabul qilingan kelishuv 2023-yil dekabr oyidan boshlab 13 oy davomida muzokaralar stolida turganini aytdi.
❕ Bayonot Isroilning o‘ta o‘ngchi milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvirning shov-shuvli e’tirofi fonida yangradi, uning sharofati bilan Isroil G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va asirlar almashinuvini bir necha bor buzdi.