Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Kurskda urush qizg‘in pallaga kirdi: Rossiya armiyasi 12 ta aholi punkti va 100 km² hududni egalladi

Kurskda urush qizg‘in pallaga kirdi: Rossiya armiyasi 12 ta aholi punkti va 100 km² hududni egalladi

Rossiya armiyasi Kursk viloyatining Ukraina Qurolli Kuchlari nazoratidagi hududining uchdan bir qismini egallaganini e’lon qildi.

Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 12 ta aholi punkti va 100 kvadrat kilometrdan ortiq hududni qaytarib olgan.

Avvalroq Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi Ukraina Qurolli Kuchlarining Kursk viloyatida taxminan 300 kvadrat kilometr hududni nazorat qilayotganini ma’lum qilgan edi. Ukrainaning DeepState loyihasi xaritalarida ham 10 mart holatiga ko‘ra xuddi shunday ko‘rsatkichlar qayd etilgan. 2024 yil avgust oyida Ukraina harbiylarining Kursk viloyatidagi operasiyasi boshida ular taxminan 1000 kvadrat kilometr hududni egallab olgan edi.

Ayrim tahlilchilar Ukraina armiyasi Kursk viloyatidan chekinayotganini aytishmoqda. Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Oleksandr Sirskiy esa buni "yanada qulay pozisiyalarga o‘tish" deb atadi va qurshov xavfi yo‘qligini bildirdi.

Kiritildi: 21:29 11.03.2025. O'qildi: 1949 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!