Bugun 2 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Isroil Iordan daryosining G‘arbiy sohilini annekciya qilmoqchi

A A A
Isroil Iordan daryosining G‘arbiy sohilini annekciya qilmoqchi

Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Isroil hukumati Iordan daryosining G‘arbiy sohilini annekciya qilish masalasini muhokama qilmoqda, bu Falastinning mustaqil davlat sifatida tan olinishiga javob sifatida amalga oshirilishi mumkin, deya yozmoqda agentlik.

Reuters manbalarining xabar berishicha, 1967 yilda bosib olingan hududlarni Isroil tarkibiga qo‘shib olish masalasi yakshanba kuni bosh vazir Binyamin Netanyahu raisligida bo‘lib o‘tgan hukumat yig‘ilishi kun tartibiga kiritilgan.

Isroil tomonidan bosib olingan yerlarni qo‘shib olish masalasi bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmagan. Shu bilan birga, Isroil rahbariyati to‘liq anneksiya variantini ko‘rib chiqyaptimi yoki gap faqat alohida aholi punktlari haqida ketyaptimi, noma’lumligicha qolmoqda.

Kiritildi: 23:05 01.09.2025. O'qildi: 566 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!