Bugun 22 may, 2026 yil, juma

КИР

Isroil Global Sumud flotiliyasi tarkibidagi barchani deportasiya qildi

Isroil Global Sumud flotiliyasi tarkibidagi barchani deportasiya qildi

Isroillik harbiylar ularga nisbatan kuch ishlatgan va rezina o‘q qo‘llagan, deb yozmoqda OAV.

Dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan 430 dan ortiq faol dengizda qo‘lga olingan va keyinchalik Isroilda hibsxonaga joylashtirilgan edi. Ular Isroilning G‘azo sektoriga nisbatan blokadasini yorib o‘tishga va hudud aholisiga gumanitar yordam kirgizishga urinayotgan navbatdagi flotiliya tarkibida bo‘lgan.

Isroil hukumati 21 may kuni G‘azo sektoriga yo‘l olgan va keyinchalik SAXAL (Isroil armiyasi) tomonidan qo‘lga olingan Global Sumud flotiliyasi faollarni deportasiya qildi. Qaror faollarning hibsda ushlab turilishi ortidan kelib chiqqan global norozilik fonida qabul qilindi. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.

Turkiya hukumati Isroilga samolyotlar yuborganini ma’lum qildi. Shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda faollarning Istanbul shahriga olib kelingani aks etgan videolar tarqaldi.

Adalah inson huquqlari tashkilotining huquqiy masalalar bo‘yicha direktori Suxad Bishara AFP agentligiga intervyu berdi. Uning aytishicha, tashkilot advokatlari yuzlab faollarning ko‘pchiligiga huquqiy maslahat bergan.

"Biz kamida ikki nafar faolning shifoxonaga yotqizilganini bilamiz. Ularning ikkalasiga ham rezina o‘qlar bilan otilgan", — dedi Bishara.

Flotiliya faollari bilan birga hibsga olingan va boshqalardan oldin deportasiya qilingan italiyalik jurnalist Alessandro Mantovani 21 may kuni Rimning Fiumichino aeroportida jurnalistlar bilan suhbatlashdi.

"Isroil xavfsizlik kuchlari bizni kaltaklashdi, tepishdi, urishdi va “Isroilga xush kelibsiz” deb baqirishdi. Keyin bizni Ben Gurion aeroportiga qo‘l va oyoqlarimiz zanjirlangan holda olib kelishdi. U yerdan Afinaga boruvchi reysga o‘tqazishdi" , — dedi jurnalist.

Kiritildi: Bugun 13:52. O'qildi: 287 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!