Xabarlarga ko‘ra, Isroil armiyasi u yoki bu tarzda G‘azo sektorining 77 foizini nazorat qiladi .
Isroilning 25 may kuni G‘azoga uyushtirgan zarbalari oqibatida kamida 23 falastinlik halok bo‘ldi , ular orasida mahalliy jurnalist va yuqori martabali qutqaruv xodimi ham bor. Bu haqda mahalliy shifokorlar xabar berishdi.
🚫 Zarbalar Xon Yunus, Jabaliya va Nuseyrat hududlariga berilgan .
Jabaliyada jurnalist Hasan Maji Abu Varda va uning bir necha oila a’zolari o‘ldirilgan. Nusayratda fuqarolik qutqaruvining yuqori martabali xodimi Ashraf Abu Nar va uning rafiqasi halok bo‘ldi.
Hamas va Islomiy jihod kabi Falastin guruhlari G‘azodagi Isroil askarlariga minalar va tankga qarshi raketalardan foydalangan holda hujum qilgani haqida xabar berishdi.
Urush boshlanganidan beri G‘azoda 53 900 dan ortiq falastinlik halok bo‘ldi. Gumanitar tashkilotlar ma’lumotlariga ko‘ra, mintaqada to‘yib ovqatlanmaslik holatlari keng tarqalgan.