Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektoridagi Falastinning HAMAS harakatining Al-Furqon batalyoni qo‘mondoni o‘rinbosari yo‘q qilinganini e’lon qildi.
Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
"Isroil armiyasi xujum uyushtirib, "Al-Furqon" batalyonining XAMAS tashkiloti qo‘mondoni o‘rinbosarini o‘ldirdi", — deyiladi xabarda.
Bayonotga ko‘ra, yo‘q qilingan radikal batalyonni jangovar ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan va G‘azo sektoridagi armiya bo‘linmalariga qarshi ko‘plab hujumlarni tashkil etishda ishtirok etgan.