Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektoridagi XAMAS va Islomiy jihod guruhlarining bir necha dala qo‘mondonlarini yo‘q qildi.
Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati "Telegram"dagi kanalida ma’lum qildi.
"So‘nggi ikki hafta ichida Isroil XAMAS harbiy qanoti va "Islom jihodi" terror tashkiloti turli bo‘linmalaridagi bir qator qo‘mondonlarni yo‘q qildi. Bu bo‘linmalar terrorchilik tashkilotlarining harbiy salohiyatini tiklash bo‘yicha ish olib bordi", - deyiladi xabarda.
Matbuot xizmatining ta’kidlashicha, yo‘q qilingan radikallar qurol-yarog‘ ishlab chiqarish bo‘yicha shtab-kvartira va XAMAS harbiy razvedka bo‘linmasini qayta yaratishga uringan.