Bugun 11 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Isroil G‘azo ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishni “rejalashtirmoqda”, ammo “uzoq muddatda” hokimiyatni HAMAS bilan bog‘liq bo‘lmagan fuqarolik hukumatiga topshirmoqchi

Isroil G‘azo ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishni “rejalashtirmoqda”, ammo “uzoq muddatda” hokimiyatni HAMAS bilan bog‘liq bo‘lmagan fuqarolik hukumatiga topshirmoqchi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning Fox News’ga bergan intervyusi katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Unga Isroil G‘azoni to‘liq nazorat qilishni rejalashtiryaptimi, degan savol berilganda, shunday javob berdi: «Biz bunga tayyorgarlik ko‘ryapmiz». U qo‘shimcha qildi:

«Xavfsizligimizni ta’minlash uchun HAMASni yo‘q qilishimiz va aholiga ozod bo‘lish imkonini berishimiz kerak».

Asaosiy nuqta, bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra:

«Isroil G‘azoni uzoq muddat boshqarishni rejalashtirmayapti. Hokimiyat HAMAS bilan bog‘liq bo‘lmagan va Isroilni yo‘q qilishni qo‘llamaydigan fuqarolik hukumatiga o‘tishi kerak».

Netanyaxu ta’kidlashicha, maqsad — «Isroil va G‘azo aholisini HAMAS terroridan ozod qilish». U intervyuda shunday dedi:

«HAMAS nafaqat bizning odamlarimizni, balki G‘azodagi ikki million falastinlikni ham garovda ushlab turibdi».

Isroil Bosh vaziri ofisi ma’lum qilishicha, Isroil Xavfsizlik kengashi G‘azo shahrini egallash bo‘yicha harbiy operasiyani kengaytirish rejasini tasdiqlagan. Rejalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Isroilning sohil hududlari ustidan harbiy nazorati;

  • HAMAS harakatini to‘liq qurolsizlantirish;

  • G‘azo sektorida harbiy kuchlarsiz hudud yaratish.

Shundan keyin u yerda alternativ fuqarolik hukumati tuzish ko‘zda tutilmoqda.

📌 OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda Isroil G‘azo sektori hududining taxminan uchdan ikki qismini, ya’ni 2 million aholi yashaydigan yerlarni nazorat qilmoqda.

Kiritildi: 15:29 08.08.2025. O'qildi: 764 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!