G‘azo matbuot bo‘limiga ko‘ra, Isroil harbiylari «60 kun davomida G‘azo shimolidagi quruqlik, havo va dengizdagi intensiv tajovuzini» davom ettirmoqda, bu esa yana 10 ming kishini yaralagan.
Ofisning Telegram’dagi bayonotida aytilishicha, halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan 3700 kishidan 2400 nafari vayronalar ostida «ko‘milgan».
Hujum davomida Isroil kuchlari, shuningdek, 1750 kishini hibsga oldi, deya qo‘shimcha qildi idora.
Sanitariya inshootlari, infratuzilma va yo‘l tarmoqlarining holati G‘azo shimolidagi gumanitar inqirozni yanada kuchaytirgan.