Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Isroil fuqarolarining Maldivga kirishi rasman taqiqlandi

Isroil fuqarolarining Maldivga kirishi rasman taqiqlandi

Maldiv prezidenti Muhammad Muizzu immigrasiya qonuniga Isroil pasportiga ega bo‘lgan shaxslarning mamlakatga kirishini taqiqlovchi tuzatishni ratifikasiya qildi. Bu Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlariga norozilik sifatida qilingan.

«Ratifikasiya hukumatning Isroil tomonidan Falastin xalqiga qarshi davom etayotgan vahshiylik va genosidga javoban qat’iy pozisiyasini aks ettiradi», - deya Maldiv hukumatining so‘zlaridan iqtibos keltiradi CNN telekanali.

Isroil falastinliklarga qarshi genosid ayblovlarini rad etadi va 2023 yil 7 oktyabrda Xamas jangarilari Isroilga hujum qilganidan keyin o‘zini himoya qilayotganini ta’kidlaydi. Shundan beri G‘azoda 51 mingdan oshiq tinch aholi halok bo‘ldi.

Prezident Muizzu dastlab Isroil fuqarolarining mamlakatga kirishini 2024 yilning iyun oyidayoq taqiqlashni taklif qildi. Keyin Isroil Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarga Maldiv orollariga sayohat qilmaslikni tavsiya qilib, javob berdi.

Isroil Maldiv hukumatining hozirgi qaroriga hozircha izoh bermadi.

Kiritildi: 05:01 18.04.2025. O'qildi: 597 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!