Agentlikning xabar berishicha, Isroil Mudofaa armiyasi (SAXAL) Eron fuqarolariga arab va fors tillarida murojaat qilib, ularni qurol ishlab chiqaruvchi zavodlar joylashgan hududlardan zudlik bilan evakuasiya qilishga va keyingi ogohlantirishgacha bu hududlarga qaytmaslikka chaqirdi.
SAXAL vakilining so‘zlariga ko‘ra, bu ogohlantirish barcha qurol zavodlari va harbiy infratuzilma ob’ektlariga taalluqlidir.
"Isroil harbiylari bu ob’ektlarga zarba beradi va Tehronda boshqa joylarda “e+Eron ilonning terisini shilib olishda” davom etadi", — deya bayonot berdi Isroil mudofaa vaziri Israel Kas.
Qayd etish joizki, Isroil ilk bor zarba berishdan avval fors tilida ogohlantirish e’lon qildi.