Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Isroil Eron raketa uchiruvchilarining uchdan ikki qismini yo‘q qildi

Isroil Eron raketa uchiruvchilarining uchdan ikki qismini yo‘q qildi

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil harbiy-havo kuchlari Eronga qarshi harbiy operasiya boshlanganidan buyon raketa uchirish moslamalarining uchdan ikki qismini yo‘q qilgan.

Bu haqda “Report” agentligi “Reuters” nashriga tayanib, Isroildagi manba ma’lumotlarini keltirmoqda.

Manbaga ko‘ra, Isroil harbiy-havo kuchlarining taxminan 20 ta qiruvchi samolyoti Eronning g‘arbiy hududlariga navbatdagi hujum to‘lqinini amalga oshirgan. Hujumlar asosan “er–er” turidagi raketa infratuzilmasi va Eron armiyasi ob’ektlariga qaratilgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bu zarbalar natijasida Eron raketa uchirish tizimlarining 66 foizga yaqini ishdan chiqarilgan.

Kiritildi: 17:56 19.06.2025. O'qildi: 4039 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!