Bugun 21 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Isroil Bosh shtabi askar yetishmasligidan shikoyat qilmoqda

 Isroil Bosh shtabi askar yetishmasligidan shikoyat qilmoqda

Isroil armiyasi bosh shtabi boshlig‘i Eyal Zamir Benyamin Netanyaxu hukumatini qurolli kuchlarda askar yetishmasligi haqida ma’lum qildi. Bu haqda Yedioth Ahronoth gazetasi yozmoqda.

Nashrning yozishicha, Zamir kadrlar tanqisligi Isroil armiyasining G‘azo sektorida o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish imkoniyatlarini cheklashi mumkinligidan ogohlantirgan.

Xodimlar bilan bog‘liq muammolarga qaramay, Zamir G‘azo sektoridagi quruqlikdagi operasiyalarni kengaytirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi.

Isroildagi anonim manbaning nashrga aytishicha, Bosh shtab boshlig‘i vaziyat haqida ochiq gapirmoqda va rahbariyatni “xayollardan” voz kechib, sodir bo‘layotgan voqealarga real qarashga chaqirmoqda.

Gazeta, shuningdek, 2023-yil 7-oktyabrdan beri davom etayotgan hujumlarga qaramay, XAMAS harakati G‘azo sektorining katta qismi ustidan nazoratni saqlab qolganini ta’kidlaydi.

Isroil 18-mart kuni o‘t ochishni to‘xtatish va asirlarni almashish bo‘yicha ilgari imzolangan kelishuvni buzgan holda G‘azo sektoriga hujumlarni qayta boshladi.

Mahalliy hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, o‘shandan beri 1574 falastinlik halok bo‘lgan. Ular orasida asosan keksalar, ayollar va bolalar bor. Yana 4115 kishi jarohatlangan.

2023-yilning 7-oktyabr kuni harbiy harakatlar boshlanganidan buyon G‘azoda jami 50 944 kishi halok bo‘ldi, yaradorlar soni 116 156 nafarga yetdi.

Isroil o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha yangi takliflarni rad etdi va kuchini oshirib, XAMASga qarshi harbiy harakatlarni davom ettirish niyatini bildirdi.

Xamas bunga javoban Isroilni va’dalarini buzganlikda va “ishonchli shaxslar nazorati ostida Falastin xalqiga qarshi genosidni” qayta boshlaganlikda aybladi.

Kuzatuvchilar yangi hujumlar to‘lqini Isroil ichidagi siyosiy inqirozga, jumladan, Bosh vazir Benyamin Netanyaxu tashabbusi bilan boshlangan Shin Bet rahbarining iste’foga chiqishiga to‘g‘ri kelganini ta’kidlamoqda.

Kiritildi: 14:49 15.04.2025. O'qildi: 605 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!