Bugun 2 may, 2025 yil, juma

КИР

Isroil armiyasining Netanyaxudan noroziligi kuchaymoqda

Isroil armiyasining Netanyaxudan noroziligi kuchaymoqda

Urush davom etar ekan va asir almashish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyasizlikka uchragani sari Isroil harbiylarining hukumatga bosimi ortib bormoqda. Isroil dengiz flotining 150 dan ortiq iste’fodagi zobitlari mahbuslarni almashtirish kelishuviga erishish uchun G‘azoga hujumlarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqiruvchi ochiq xat imzoladi .

Maktubda ta’kidlanishicha, sektorga zarbalar faqat mahbuslarni ozod etishni kechiktirishi, isroillik askarlarning hayotiga tahdid va tinch aholiga zarar yetkazadi.

Murojaat mualliflari XAMAS hozir ham 59 nafar isroillikni ushlab turishini qayd etib, Netanyaxu hukumatini siyosiy va shaxsiy manfaatlar uchun javobgarlikdan voz kechishda ayblamoqda.

Xuddi shunday bayonotlar zirhli bo‘linmalarning ba’zi faol harbiy xizmatchilari tomonidan ham qilingan. Avvalroq xuddi shunday talab bilan yozilgan xatga Harbiy havo kuchlarining 960 nafar zobit va uchuvchisi imzo chekkan, ularning bir qismi nafaqadagilar.

Avvalroq Bosh shtab boshlig‘i Eyal Zamir Harbiy havo kuchlari qo‘mondoni Tomer Barning tegishli xatni imzolagan askarlarni armiya safidan bo‘shatish haqidagi qarorini ma’qullagani xabar qilingandi.

19-yanvar kuni kuchga kirgan otashkesim 18-mart kuni ertalab buzildi.Isroil armiyasi yana yirik hujumlarni boshladi.

Janglarning yangi bosqichi boshlanganidan beri 1482 falastinlik halok bo‘ldi, ularning aksariyati ayollar, qariyalar va bolalardir. 3688 kishi jarohatlangan.

Isroil hujumlari boshlanganidan beri G‘azoda jami qurbonlar soni 50 846 kishini tashkil qildi. 115 729 kishi jarohat olgan.

Kiritildi: 15:57 11.04.2025. O'qildi: 1072 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!