Bugun 19 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Isroil armiyasida xizmat qilgan britaniyalik harbiy G‘azodagi harbiy jinoyatlarda gumonlanmoqda

Isroil armiyasida xizmat qilgan britaniyalik harbiy G‘azodagi harbiy jinoyatlarda gumonlanmoqda

Huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar va BMT vakillari Isroil armiyasi safida xizmat qilgan Buyuk Britaniya fuqarosi Jonatan Bermanning ehtimoliy harbiy jinoyatlarini tergov qilishga chaqirmoqda.

Declassified UK surishtiruvchilari Manchesterlik, Isroil armiyasining 55-desant brigadasida xizmat qilgan Bermanning yopiq ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan bahsli suratni aniqlagan. Unda harbiy yong‘in ichida qolayotgan maktab binosi fonida jilmayayotgan holda tasvirlangan.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, BMTning Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish agentligi (BAPOR) boshqaruvida bo‘lgan maktab binosi 2023 yil dekabr oyida Isroil harbiylari tomonidan yoqib yuborilgan va vayron qilingan. Hodisa Xon-Yunis shahrida sodir bo‘lgan.

Hind Rajab Foundation tashkiloti Berman xizmat qilgan harbiy bo‘linmani Xon-Yunisdagi turar joylar ommaviy ravishda vayron qilingani va ko‘chalardagi janglar bilan bog‘lamoqda.

BMTning bosib olingan hududlardagi voqealarni tergov qilish komissiyasi a’zosi Kris Sidoti London polisiyasini zudlik bilan tergov boshlashga chaqirdi.

Biroq, avvalroq London polisiyasi Isroil armiyasida xizmat qilgan yana 10 nafar britaniyalikka nisbatan ishlarni tergov qilishdan bosh tortgan. Bunga dalillarni to‘plashdagi qiyinchiliklar sabab qilib ko‘rsatilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, G‘azo sektorida Isroil armiyasi safida ikki tomonlama — Britaniya va Isroil fuqaroligiga ega taxminan 2 ming kishi xizmat qiladi.


Kiritildi: 20:19 17.10.2026. O'qildi: 705 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!