Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Isroil Al-Aqso masjidi yaqinidagi falastinliklarga tegishli binolarni egallamoqchi

Isroil Al-Aqso masjidi yaqinidagi falastinliklarga tegishli binolarni egallamoqchi

Quddus ma’muriyati masjid atrofidagi qariyb yigirmata falastinlik ob’ektini musodara qilish va mahalliy aholini ko‘chirish rejasi haqida ogohlantirdi.

Quddusdagi Falastin gubernatorligi Isroil hukumati Al-Aqso masjidi yaqinidagi qariyb 20 ta ko‘chmas mulk ob’ektini musodara qilishni rejalashtirayotgani haqida ma’lum qildi. Bayonotda bu qadam «yangi mustamlakachilik keskinlashuvi» deb atalgan.

Gubernatorlik ma’lumotiga ko‘ra, Isroil hukumati yakshanba kuni Al-Aqso masjidi yaqinida joylashgan Bob as-Silsila hududidagi falastinliklarga tegishli mulklarni musodara qilish rejasini tasdiqlashga tayyorlanmoqda. Rejaga ko‘ra, aholini ko‘chirish va posyolkalarni kengaytirish uchun falastinlik savdo do‘konlarini yopish ko‘zda tutilgan.

Ma’lum qilinishicha, ob’ektlar qatoriga Usmoniylar imperiyasi, Mamluklar va Ayyubiylar davriga oid 15–20 ta bino hamda islomiy vaqf mulklari kiradi. Bob as-Silsila hududi Al-Aqso masjidiga olib boruvchi eng muhim kirish yo‘llaridan biri hisoblanadi.

Gubernatorlikka ko‘ra, bunday harakatlar Sharqiy Quddusning Eski shahar qismidagi mavjud status-kvoni o‘zgartirish va islom dinida muqaddasligi jihatidan uchinchi o‘rinda turuvchi qadamjo atrofidan falastinlik aholini siqib chiqarishga qaratilgan. Shuningdek, bu qadam majburiy ko‘chirishning yangi bosqichini boshlab berishi va tarixiy falastin mulklari ustidan nazoratni kuchaytirishi mumkinligi ta’kidlangan.

Kiritildi: Bugun 09:32. O'qildi: 186 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!