Bugun 4 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ispaniyada "Tenerife" futbolchisining o‘limi yuzasidan tergov boshlandi

Ispaniyada "Tenerife" futbolchisining o‘limi yuzasidan tergov boshlandi

Ispaniyada "Tenerife" hujumchisi Xesus de Migelning o‘limi yuzasidan rasmiy tergov boshlandi.

Fojiali voqea Segundaning 12-turidan o‘rin olgan "Tenerife" – "Andorra" uchrashuvida sodir bo‘lgandi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan yettinchi daqiqada mehmonlar darvozaboni Xesus Ovono maydon markazida to‘p uchun kurashda de Migelni qo‘pollik bilan yiqitgan va to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olgandi.

Zarbadan keyin 30 yoshli hujumchi maydonda hushini yo‘qotgan. Xabarlarga ko‘ra, futbolchining yuragi va nafas olishi qariyb 20 daqiqa davomida to‘xtab qolgan. Shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda unga yurak-o‘pka reanimasiyasi o‘tkazilgan.

Biroq "Tenerife" klubi bugun ispaniyalik futbolchining vafot etganini e’lon qildi.

Shundan so‘ng Ispaniya Milliy polisiyasining qotillik holatlarini tergov qilish bo‘limi de Migelning o‘limi bilan bog‘liq holatlarni o‘rganishga kirishdi. Ish sudga oshirilgan.

Kiritildi: 19:10 03.11.2026. O'qildi: 238 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!