Bugun 25 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Ispaniya yulduzlaridan biri chempionlik bonusini federasiya xodimlariga berdi

Ispaniya yulduzlaridan biri chempionlik bonusini federasiya xodimlariga berdi

Ispaniya terma jamoasining bir futbolchisi JCH-2026dagi chempionlik uchun o‘ziga ajratilgan katta miqdordagi mukofot pulini federasiya xodimlariga berishga qaror qildi.

AS nashri ma’lumotiga ko‘ra, Ispaniya jahon chempionati finalida Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etgach, terma jamoaga jami 50 million yevro mukofot ajratilgan.

Mazkur mablag‘ning bir qismi futbolchilar o‘rtasida taqsimlangan va 26 nafar o‘yinchining har biri taxminan 1 million yevrodan bonus olishi kerak edi.

Biroq tarkibdagi futbolchilardan biri o‘z ulushidan voz kechib, mablag‘ni Ispaniya futbol federasiyasida ishlaydigan xodimlarga taqsimlab berishni so‘ragan.

Manbaga ko‘ra, futbolchi o‘z ismi oshkor etilishini xohlamagan. U bu qarori orqali jamoaning chempionlikka erishishida maydon tashqarisida mehnat qilgan xodimlarga minnatdorchilik bildirishni maqsad qilgan.

Futbolchi ularni chempionlik yo‘lida muhim hissa qo‘shgan "sahna ortidagi qahramonlar" sifatida e’tirof etgan.

Kiritildi: Bugun 09:39. O'qildi: 400 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!