Ispaniya Ukrainaga 437 million yevro miqdorida yangi harbiy yordam paketi taqdim etadi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches bilan Madriddagi uchrashuvi yakunlari bo‘yicha prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda Zelenskiy Ispaniyaga urush davomida Ukrainaga ko‘rsatib kelayotgan izchil qo‘llab-quvvatlovi uchun minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, u Ispaniyaning Toledo shahrida yuz bergan va o‘nlab kishining hayotiga zomin bo‘lgan temiryo‘l halokati munosabati bilan hamdardlik izhor etdi.
O‘z navbatida, Pedro Sanches Ukrainaga 437 million yevrolik yangi harbiy yordam ajratilishini ma’lum qildi.
Tomonlar yordam paketining tarkibi va Ukrainaning mudofaa sohasidagi eng dolzarb ehtiyojlarini muhokama qildi.