Bugun 28 mart, 2025 yil, juma

КИР

Ispaniya futbol tarixida ilk marta musulmon o‘yinchi ro‘za tutgan holda terma jamoa safida o‘ynaydi

Ispaniya futbol tarixida ilk marta musulmon o‘yinchi ro‘za tutgan holda terma jamoa safida o‘ynaydi

Ramazon oyida ro‘za tutayotgan «Barselona»ning 17 yoshli vingeri Lamin Yamal ayni paytda Ispaniya terma jamoasi safida yig‘inda ishtirok etmoqda.

Ispaniya terma jamoasi bu kabi vaziyatga ilk bor duch kelmoqda – avvalroq futbolchilarning o‘yinlari Ramazon oyi bilan mos kelmagan.

Lamin Yamalga qadar terma jamoa safida boshqa musulmon futbolchilar – Ansu Fati, Adama Traore va Munir El-Haddadiy o‘ynagan, biroq ularga Ramazon davomida maydonga tushishga to‘g‘ri kelmagan.

Ispaniya 20 va 23 mart kunlari Niderlandiyaga qarshi bahs olib boradi. Jamoalar Millatlar ligasi yarim finaliga yo‘llanma uchun kurash olib boradi.

Kiritildi: 16:58 19.03.2025. O'qildi: 1250 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!