Bugun 5 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Ispaniya — Argentina bahsi qayerda o‘tadi? UYEFA rasmiy bayonot berdi

Ispaniya — Argentina bahsi qayerda o‘tadi? UYEFA rasmiy bayonot berdi

UYEFA 27 mart kuni Qatarning "Lusail" stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Finalissima-2026 uchrashuvini boshqa joyga ko‘chirish rejada yo‘qligini e’lon qildi.

Avvalroq, Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat tufayli Ispaniya va Argentina o‘rtasidagi o‘yin Qatardan boshqa mamlakatga ko‘chirilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

«Mintaqadagi vaziyatni inobatga olgan holda, Finalissima atrofidagi turli mish-mishlardan xabarimiz bor. Biroq, ayni damda muqobil o‘tkazilish joyi ko‘rib chiqilmayapti», — deyiladi UYEFA bayonotida.

Shunday bo‘lsa-da, UYEFA, KONMEBOL va FIFA yakuniy qarorga kelish uchun Qatar rasmiylari bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Uzil-kesil to‘xtamga kelasi hafta yakuniga qadar kelinishi kutilmoqda.

Kiritildi: Bugun 19:28. O'qildi: 431 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!