Ispaniyaning AS nashri "Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Husanovning O‘zbekistonga kelib ketishini yoritishga qaror qildi.
"Manchester Siti"ning markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov O‘zbekiston shon-shuhrat va qimmatbaho sovg‘alar bilan kutib olindi.
Elita futbolchilarni kam yetishtiruvchi va hali biror marta jahon chempionatida ishtirok etmagan mamlakat uchun o‘z futbolchisining "Manchester Siti"ga o‘tishini katta voqea deb atash mumkin. Husanov aynan shu holatni boshdan kechirmoqda. U yangi klubi bilan kelishuvga erishganidan so‘ng birinchi marta milliy terma jamoaga chaqirildi va katta tantana bilan kutib olindi.
Toshkentga qo‘ngan zahotiyoq muxlislar uni kutib turgan edi. Shuningdek, mahalliy hokimiyat vakillari unga o‘ziga xos an’anaviy bosh kiyim sovg‘a qilishdi. Milliy terma jamoa yig‘iniga kelganida esa uni O‘zbekiston futboli mutaxassislaridan biri 300 000 yevroga baholanadigan Mercedes avtomobili bilan taqdirladi. Birinchi mashg‘ulotda esa barcha e’tibor Husanovda edi. Barcha mikrofonlar uning oldida edi. 21 yoshli futbolchi haqiqiy kumirga aylangan. Shuningdek, u ushbu safardan foydalanib, uylandi. Bu, shubhasiz, uning hayotidagi eng esda qolarli kunlardan biri bo‘lmoqda.
Husanov katta jamoatchilik uchun hali noma’lum futbolchi bo‘lishi mumkin, biroq uni Ispaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi Olimpiada uchrashuvida yoki Chempionlar Ligasida "Real Madrid"ga qarshi bahsda ko‘rish mumkin edi. Uning "bolajon" chehrasi bo‘lishiga qaramay, Husanov juda tezkor va intuitiv himoyachi. U dunyodagi eng kuchli himoyachilardan biriga aylanish uchun barcha qobiliyatlarga ega. Atigi bir yarim yil ichida u Belarusda o‘ynashdan "Manchester Siti"gacha ko‘tarildi. Bu oraliqda u "Lans" klubida ham o‘ynab, barchani hayratda qoldirgan edi. U Angliya premyer-ligasida o‘ynagan tarixdagi birinchi o‘zbek futbolchisi va shu bois uning vatani uchun haqiqiy elita loyihasi hisoblanadi".