Eronning nizoni bartaraf etish bo‘yicha AQShning so‘nggi taklifiga bergan javobi «urushni to‘xtatish va kemalar qatnovi xavfsizligi»ga qaratilgan, deb xabar bermoqda ISNA.
«Amerika taklifiga Eron tomonidan berilgan javobda asosiy urg‘u Fors ko‘rfazi va Hurmuz bo‘g‘ozida «urushni to‘xtatish hamda dengiz qatnovi xavfsizligini ta’minlash»ga qaratilgan», — deyiladi nashr xabarida.