Xitoy Oliy harbiy sudi sobiq mudofaa vaziri Li Shanfuni korrupsiya uchun o‘lim jazosiga hukm qildi — Xitoy Markaziy televideniyesi.
Shuningdek, sobiq vazir siyosiy huquqlardan umrbod mahrum qilish va barcha shaxsiy mol-mulkini musodara qilish jazosiga tortilgan. Li Shanfu ikki yillik qamoq muddatini o‘tganidan keyin uning o‘lim jazosi muddatidan oldin ozod qilish yoki jazoni yengillashtirish huquqisiz umrbod qamoq jazosiga almashtirilishi mumkin.
Li Shanfu 2023 yilning kuzida Xitoy mudofaa vaziri lavozimidan iste’foga chiqarilgan edi.