Bugun 7 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Kiyev Rossiya zarbalariga mutanosib javob qaytaradi

Kiyev Rossiya zarbalariga mutanosib javob qaytaradi

Mamlakat prezidenti Rossiya armiyasi kun boshidan beri Ukrainaga dronlar, raketalar va aviabombalar bilan zarba berayotganini ma’lum qildi. Xarkov, Sumi, Donesk va Xerson viloyatlarida fuqarolik ob’ektlariga jiddiy zarar yetkazilgan.

"Bularning barchasi Moskva o‘t ochishni to‘xtatish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmayotganidan dalolat beradi. Rossiya rahbariyatini tashvishga solayotgan yagona narsa — Qizil maydondagi qisqa muddatli sukunatdir. Ular odamlarni o‘ldirishda davom etishyapti va Moskvaning bir qismidagi bir necha soatlik tinchlik haqida mutlaqo noadekvat tarzda qayg‘urmoqda.

Ukraina adolatli yo‘l tutadi. Biz 6 mayning yarim tunidan boshlab sukunat rejimini taklif qilgan edik. Kecha va bugun ushbu rejim Moskva tomonidan buzildi. Rossiya zarbalariga javoban bizning uzoq masofali zarbalarimiz bo‘ladi. Rossiyaning diplomatiyaga tayyorligiga javoban esa diplomatiya yo‘lidan boramiz", — deb yozadi Zelenskiy o‘zining Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Kiritildi: Bugun 16:11. O'qildi: 552 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!