Bugun 7 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Neft narxining ko‘tarilishi Rossiya byudjetida aks eta boshladi – "Kommersant’"

Neft narxining ko‘tarilishi Rossiya byudjetida aks eta boshladi – "Kommersant’"

Rossiya Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, aprel oyida federal byudjetning neft va gaz daromadlari mart oyiga nisbatan qariyb 40 foizga (239 mlrd rublga) oshgan.

Bunga mart oyida Rossiyaning Urals nefti narxi o‘rtacha bir barrel uchun 77 dollargacha ko‘tarilgani sabab bo‘ldi. Soliqlar bir oylik farq bilan to‘lanadi.

May oyida daromadlar yanada ko‘proq o‘sishi mumkin: aprel oyida Urals’ning o‘rtacha narxi allaqachon barreliga 95 dollarga yetgan edi.

Shu bilan birga, 2026 yilning dastlabki to‘rt oyi yakunlariga ko‘ra, Rossiya byudjetining neft va gaz daromadlari hamon o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlardan pastligicha qolmoqda, biroq neft narxi shunday davom etsa, bu farq tez sur’atlarda qisqaradi.

Avvalroq G‘arb ommaviy axborot vositalari Rossiya Ukraina zarbalariga qaramay neft eksportini oshirayotgani va narxlar o‘sishi tufayli bir yil ichida ilk bor Milliy farovonlik jamg‘armasini to‘ldirishni boshlagani haqida yozgan edi.

Kiritildi: Bugun 12:44. O'qildi: 594 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!